Foydalanish shartlari
Platformadan foydalanish qoidalari — qisqa va aniq
Yangilangan: 2-avgust, 2026 · Versiya 1.0
1. Umumiy qoidalar
Yuksalish Chess — onlayn shaxmat platformasi. Ro'yxatdan o'tib yoki saytdan foydalanib, siz ushbu shartlarga to'liq rozilik bildirasiz.
Agar shartlarga rozi bo'lmasangiz, platformadan foydalanmang.
2. Hisob (akkaunt)
Ro'yxatdan o'tish telefon raqamni SMS kod bilan tasdiqlashni talab qiladi. Telegram orqali ham kirishingiz mumkin.
Bitta foydalanuvchi — bitta hisob. Reyting to'plash uchun qo'shimcha hisob ochish taqiqlanadi.
Login va parolingiz maxfiy. Hisobingizdagi harakatlar uchun siz javobgarsiz; birovning hisobiga ruxsatsiz kirish taqiqlanadi.
Taxallus (nik) boshqa o'yinchilarga ko'rinadi — u haqoratli, aldovchi yoki birovni o'zini ko'rsatadigan (masalan «admin») bo'lmasligi kerak.
3. Yosh va ota-ona roziligi
Platformadan maktab o'quvchilari ham foydalanadi. 13 yoshgacha bo'lgan bola faqat ota-ona, vasiy yoki maktabi roziligi va nazorati bilan hisob ochishi mumkin.
Biz tug'ilgan sanani so'ramaymiz va yoshni tekshira olmaymiz — bola hisobi uchun javobgarlik ota-ona yoki maktabda.
Ota-ona «Ota-ona» bo'limidan farzandining hisobiga bog'lanish SO'ROVI yuboradi; bog'lanish faqat FARZAND o'zi tasdiqlagandan keyin faollashadi — biz hujjat bilan ota-onalikni tekshirmaymiz, bu o'zaro tasdiqqa asoslangan bog'lanish. Batafsili «Maxfiylik siyosati»da.
Ota-ona so'rovi bo'yicha bola hisobi va ma'lumoti o'chiriladi.
4. Halol o'yin (Fair Play)
Reytingli partiyalarda shaxmat dvigateli (kompyuter tahlili), boshqa shaxs yoki tashqi yordamdan foydalanish QAT'IYAN taqiqlanadi.
Halol o'yinni ta'minlash uchun platforma shubhali faoliyat belgilarini (masalan, g'ayritabiiy reyting sakrashi yoki ishonib bo'lmas g'alaba foizi) avtomatik kuzatadi. Bu — faqat dastlabki belgi: yakuniy qarorni har doim administrator qo'lda ko'rib chiqadi, avtomatik tizim o'zi hisobni bloklamaydi.
Rasmiy turnir yoki imtihonda tashkilotchi proktoring (kamera orqali kuzatuv) yoqishi mumkin — faqat siz ruxsat berganingizdan keyin. Batafsili «Maxfiylik siyosati»da.
Aldash, reytingni sun'iy oshirish yoki boshqalarga yordam berib yutqazish aniqlansa, hisob bloklanadi va reyting bekor qilinadi.
Botlarga qarshi o'yin va mashqlar o'rganish uchun — bu cheklovlar reytingli odam-odam partiyalariga tegishli.
5. Xulq-atvor va muloqot
Chat, forum, klublar va umumiy suhbatlarda haqorat, kamsitish, spam, reklama yoki noo'rin kontent taqiqlanadi.
Boshqa foydalanuvchilarga hurmat bilan munosabatda bo'ling. To'liq xulq-atvor qoidalari «Hamjamiyat qoidalari» sahifasida yozilgan.
Qoidabuzarlik haqida xabar (shikoyat) yuborishingiz mumkin; administrator ko'rib chiqib, qoidabuzar xabar yoki postni o'chirishi va hisobga nisbatan chora ko'rishi mumkin.
6. Foydalanuvchi kontenti
Chat, forum, klub va profilingizga joylagan matn, rasm va boshqa material sizga tegishli bo'lib qoladi — platforma egalik huquqini olib qo'ymaydi.
Kontentni joylashtirish orqali, uni tegishli bo'lim doirasida (masalan, forum mavzusi yoki klub e'loni sifatida) ko'rsatish uchun platformaga cheklangan ruxsat berasiz.
Ushbu shartlarni yoki «Hamjamiyat qoidalari»ni buzuvchi kontentni administrator oldindan ogohlantirmasdan o'chirishi mumkin.
Boshqa birovning mualliflik huquqini yoki shaxsiy ma'lumotini sizning ruxsatingizsiz joylashtirish taqiqlanadi.
7. Kontent va darslar
Platformadagi darslar, video, yangiliklar va materiallar Yuksalish Chess platformasiga tegishli. Ularni ruxsatsiz tarqatish mumkin emas.
8. Virtual valyuta (YUKSA, YuPoint, StarPass)
Platformada uchta ichki hisob birligi bor: YUKSA — o'yin va mashqlar orqali BEPUL ishlab topiladigan tanga; YuPoint — Market orqali REAL pulga sotib olinadigan premium valyuta; StarPass — Season Pass orqali ishlab topilib, mukofot qutilarini (box) ochishda ishlatiladigan valyuta.
Bu uchtasi ham HAQIQIY pul emas, bank yoki elektron hamyon vositasi emas va real pulga qaytarib almashtirilmaydi (cash-out yo'q).
Ular faqat platforma ichida — kosmetika, mukofot qutilari, Season Pass va shunga o'xshash imkoniyatlarni ochish uchun ishlatiladi hamda platformadan tashqarida hech qanday qiymatga ega emas.
Balans hisoblar orasida o'tkazilmaydi (boshqa foydalanuvchiga sovg'a qilib bo'lmaydi).
Ushbu shartlarni buzganlik uchun hisob bloklansa, undagi virtual valyuta ham bekor qilinishi mumkin — bu real pulni qaytarish majburiyatini yuzaga keltirmaydi.
9. To'lovlar va obuna
Pullik tariflar (Pro / Premium) obuna sifatida faollashadi, YuPoint paketlari esa bir martalik xariddir. Bepul rejimda ham platformaning asosiy qismi ochiq.
To'lovning ikki yo'li bor: (1) karta raqamiga o'tkazma qilib, chekni (skrinshotni) yuklash — administrator ko'rib chiqib tasdiqlagach tarif faollashadi; (2) sozlangan bo'lsa, Click, Payme yoki Paynet orqali kartangiz bilan to'g'ridan-to'g'ri onlayn to'lov — bu yo'lda provayder to'lovni tasdiqlashi bilan tarif ADMIN kutmasdan avtomatik faollashadi.
Ikkala holatda ham karta raqamingizni biz so'ramaymiz, ko'rmaymiz va saqlamaymiz: onlayn to'lovda karta ma'lumoti butunlay provayder sahifasida qoladi; chek yuklashda esa faqat siz yuklagan rasm to'lovni tasdiqlash uchun saqlanadi.
MUHIM: obuna hozircha avtomatik yangilanmaydi — takroriy (avtomatik) pul yechish yo'q. Muddat tugagach tarif o'zi Bepul rejimga tushadi; davom ettirish uchun yangi to'lovni o'zingiz amalga oshirasiz.
Obunani istalgan vaqtda Sozlamalar bo'limidan bekor qilish so'rovini yuborishingiz mumkin; administrator tasdiqlagach tarif Bepul rejimga o'tadi.
To'lovni qaytarish shartlari «To'lovni qaytarish» hujjatida alohida yozilgan.
10. AI Murabbiy
AI Murabbiy o'quv maqsadida maslahat beradi. Uning javoblari har doim ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin — yakuniy qaror siznikidir.
Reytingli partiya davomida AI Murabbiy va tahlil vositalari yopiladi — bu halol o'yin talabi.
AI Murabbiydan noqonuniy yoki zararli maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
11. Bloklash (ban)
Ushbu shartlar buzilganda administrator hisobni vaqtincha yoki butunlay bloklash va reytingni tiklash huquqiga ega.
Bloklash serverda amalga oshiriladi: bloklangan hisob barcha so'rovlarda (partiya, chat, market va h.k.) rad etiladi, faol sessiyalar ham bekor qilinishi mumkin.
Bloklangan foydalanuvchi o'ynay olmaydi va turnirlarga kira olmaydi. Bloklash hisobni o'chirish degani emas — ma'lumotingiz saqlanib qoladi.
Bloklash adolatsiz deb hisoblasangiz, admin@yuksalishchess.com manziliga yozing.
12. Mas'uliyat cheklovi
Platforma «bor holicha» taqdim etiladi. Texnik uzilish yoki ma'lumot yo'qolishining oldini olishga harakat qilamiz, lekin uzluksiz ishlashni kafolatlay olmaymiz.
Ma'lumotingiz nusxasini Sozlamalar → Ma'lumotni eksport bo'limidan saqlab qo'yishingiz mumkin.
13. Hisobni o'chirish
Hisobingizni istalgan vaqtda Sozlamalar → Hisobni o'chirish bo'limidan o'chirishingiz mumkin.
Ma'lumot qanday yig'ilishi va o'chirilishi «Maxfiylik siyosati» sahifasida batafsil yozilgan.
14. O'zgartirishlar, qonunchilik va nizolar
Ushbu shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanadi; yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi va sana o'zgaradi. Katta o'zgarishlarda shartlarni qayta tasdiqlashingiz so'ralishi mumkin.
Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo'llaniladi.
Kelishmovchilik yuzaga kelsa, birinchi navbatda admin@yuksalishchess.com orqali muzokara yo'li bilan hal qilishga harakat qilamiz; bu yordam bermasa, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ushbu shartlarning biror bandi amal qilmasligi aniqlansa, bu qolgan bandlarning kuchini yo'qotmaydi.
Savollar bo'lsa: admin@yuksalishchess.com
To'lovni qaytarish shartlari
Yangilangan: 2-avgust, 2026 · Versiya 1.0
1. Umumiy shart
Premium tariflar obuna asosida taqdim etiladi. Faollashtirishning ikki yo'li bor: chek (skrinshot) yuborib administrator tasdig'idan o'tish (odatda bir necha soat ichida ko'rib chiqiladi) yoki, sozlangan bo'lsa, Click/Payme/Paynet orqali kartangiz bilan onlayn to'lash (tasdiqlash AVTOMATIK — provayderdan tasdiq kelishi bilan, admin kutish shart emas). Promo-kod orqali ham faollashtirish mumkin. Tarif faollashtirilgandan so'ng imkoniyatlar darhol ochiladi.
Obuna avtomatik yangilanmaydi — takroriy (avtomatik) pul yechish yo'q. Muddat tugagach tarif o'zi Bepul rejimga tushadi; davom ettirish uchun yangi to'lovni o'zingiz amalga oshirasiz.
2. Qaytarish qoidasi
Tarif faollashtirilib, imkoniyatlardan foydalanilgandan so'ng to'lov qaytarilmaydi, agar admin bilan boshqacha yozma kelishuv bo'lmasa.
Texnik xatolik tufayli xizmat ko'rsatilmagan bo'lsa, admin bilan bog'lanib qaytarish yoki muddat uzaytmasini so'rashingiz mumkin.
3. Obunani bekor qilish
Bekor qilish so'rovini Sozlamalar bo'limidan yuborasiz. Administrator tasdiqlagach tarifingiz Bepul rejimga tushadi.
Bekor qilish avtomatik pul qaytarishni anglatmaydi.
4. Bog'lanish
To'lov va qaytarish bo'yicha savollar uchun admin@yuksalishchess.com manziliga murojaat qiling.
Savollar bo'lsa: admin@yuksalishchess.com